«oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi» tegli maqolalar


Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
10 noyabr 2022, 18:23

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi
3 noyabr 2022, 19:14

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.

O‘zbekiston OTMlari va litseylarining umumiy reytingi e’lon qilindi
28 sentabr 2022, 17:31

O‘zbekiston OTMlari va litseylarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilgi kabi «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU 1-o‘rinni egalladi. Qolaversa, bu yil ilk bor litseylar reytingi ham e’lon qilindi.

«Yotoqxonadan joy berishmasa, farzandimni uyga olib ketaman». Minglab talabalar o‘zlarini boshpanasiz his qilishmoqda
8 sentabr 2022, 00:01

«Yotoqxonadan joy berishmasa, farzandimni uyga olib ketaman». Minglab talabalar o‘zlarini boshpanasiz his qilishmoqda

«Gazeta.uz» yangi o‘quv yilining ilk kunida «Talabalar shaharchasi» dan fotoreportaj tayyorladi. Suhbat chog‘ida talabalar va ularning ota-onalari birinchi kundanoq nohush kayfiyat va chorasizlikdan boshlangani, oliygoh yotoqxonasiga joylashishdagi qiyinchiliklar va ijaraga uy olish qimmatga tushishini aytishmoqda.

Magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan — Abduqodir Toshqulov
29 iyul 2022, 10:51

Magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan — Abduqodir Toshqulov

Magistraturaga qabul uchun topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan, deya tanqid qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov. U mas’ullarga qabul yakunida sertifikatlarni yana bir bor tekshirish, soxta hujjatlar topshirganlarni esa o‘qishdan chetlatish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi
12 iyul 2022, 10:29 4

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi
8 iyun 2022, 18:26

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni test-sinovlarisiz ko‘chirish to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on — Oliy ta’lim vazirligi
4 aprel 2022, 14:44

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni test-sinovlarisiz ko‘chirish to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on — Oliy ta’lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni test-sinovlarisiz, to‘lovlarsiz va soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim xodimlari uchun ko‘krak nishonlar ta’sis etish taklifi bildirildi
2 mart 2022, 14:43

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim xodimlari uchun ko‘krak nishonlar ta’sis etish taklifi bildirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’limda fidokorona mehnat qilayotgan, tashabbuskor, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni 2 turdagi ko‘krak nishon bilan taqdirlash taklifi ilgari surildi. Mukofotlar 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshirish rejalashtirilmoqda. G‘oliblarga nishon bilan birga BHMning 4 baravarigacha pul mukofoti ham berish ko‘zda tutilgan.

2021-yilda OO‘MTV tizimidagi ta’lim muassasalarida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklar aniqlandi
25 fevral 2022, 22:02

2021-yilda OO‘MTV tizimidagi ta’lim muassasalarida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklar aniqlandi

2021-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 302 ta ta’lim muassasacida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolarga yo‘l qo‘yilgan. 12 ta ta’lim muassasasidagi 2,7 mlrd so‘mlik kamchiliklarda esa jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlanib, huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborilgan.

OTMlarda o‘qish 24 fevralgacha bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi
3 fevral 2022, 16:06

OTMlarda o‘qish 24 fevralgacha bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7 fevraldan 24 fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi. Bu davr ichida darslar ham onlayn ham oflayn shaklda olib boriladi. OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, alohida reja-grafik asosida oflayn shaklga o‘tadi, bu haqda ular o‘zining rasmiy sayti orqali xabar beradi.

OTM, kollej va litsey talabalari uchun qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi
6 yanvar 2022, 13:10

OTM, kollej va litsey talabalari uchun qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi

OTM, kollej va akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi. Avia va temir yo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytiriladi, xarid qilingan chiptalar esa bepul tarzda boshqa sanaga almashtirib beriladi.

1-yanvardan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasasi to‘lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydi
27 dekabr 2021, 14:35

1-yanvardan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasasi to‘lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydi

1-yanvardan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasiga moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi ushbu muassasalar to‘lov-kontrakt miqdori va muddatini, mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish hamda o‘z hisobidan talabalarga stipendiya va grantlar ajratishni mustaqil belgilaydi. 2023 yildan esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ushbu ro‘yxatni kengaytirish huquqi beriladi.

Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi
15 dekabr 2021, 21:56

Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi

OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting